davra
bilan ulashing
1. Doira shaklida tuzilgan saf yoki doira yasab, qurshov olib oʻtirgan kishilar yoki qoʻr tashlab oʻtirgan odamlar.
-
Yaxshi yigit — davraning boshi. Maqol
-
Davra suv quygandek jimjit boʻlib qoldi. Sharq yulduzi
-
Davraga gʻalati sukut choʻkdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Oʻrmonjon Qurbon ota bilan Sidiqjonni sozandalar yalla qilayotgan davradan topdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Shunday qurshovning oʻrtasidagi boʻsh joy.
-
Juvon davrani uch aylanganidan keyin, oʻzi singari kiyingan bir yigitni tortadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Hayajonga tushib, nihoyatda chiroyli oʻynayotgan Badia davrani aylanib chiqdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Boʻri polvon qoʻllarini orqaga qilib, davra aylandi. T. Murod, Qoʻshiq
3. Maʼlum xususiyatiga koʻra uyushgan odamlar toʻpi, guruhi, toʻdasi; yigʻin.
-
Olimlar davrasi. Sanʼatkorlar davrasi.
-
Men qishloqlik bir bola emasmanmi, bunaqangi katta olimlar davrasida birinchi boʻlishim edi, andak oʻngʻaysizlana boshladim. X. Toʻxtaboyev
-
Ichkarida, bir toʻp qizlar davrasida Zumrad oʻsma qoʻyib oʻtirardi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Keyin, umuman, Zebo u davraga toʻgʻri kelmaydi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
4. Oʻyin, musobaqa, turnir va shu kabilarning bir quri; bir qur oʻyin, tur.
-
Shaxmatchilar oʻrtasidagi musobaqaning birinchi davrasida birinchi oʻyin ham tugadi. Gazetadan
-
Jahon birinchiligi uchun kurash olib borayotgan xokkey komandalarining ikkinchi davra oʻyinlari nihoyatda keskin oʻtmoqda. Gazetadan
-
Ikkinchi davra boshlandi. Mirhaydarning xoʻrozi gʻolib chiqdi. Mushtum
5. Koʻp bosqichli saylov tizimida saylovning bir bosqichi.
-
Saylovning ikkinchi davrasi boshlandi.
6. toʻqm. Tanda qoʻyadigan aylanuvchi dastgoh.
7. din. etn. Marhumning gunohlarini yuvish uchun, janozadan ilgari toʻplanib oʻtkaziladigan marosim (bunda sadaqaga ajratilgan narsa marhumning yoshiga muvofiq qoʻldan qoʻlga oʻtkazib aylantiriladi).
davra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Davra olmoq (yoki yasamoq, qurmoq)
-
Sakkiz yuz odam har tarafdan davra olib, kiyikni tutmoqchi boʻldi. Ertaklar
-
Davra qurib oʻtirgan bazmchilarning harakatlari, qiliqlari, boʻgʻiq nidolarini tasvirlashga til kifoya qilmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ayol shu kurash boʻlayotgan yerga kelib, davra olishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi;
-
Samolyot shahar ustida bir davra olib, koʻzdan gʻoyib boʻldi. Nazarmat, Joʻrlar baland
-
Qanday boʻldi ov, mening ishim, deb, Necha davra oldi olgʻir qushim, deb. Murodxon
Badiiy miskarlikda barkash va laganlar ustiga tushiriladigan, maʼlum tartibga ega boʻlgan doira shaklidagi naqshlardan biri.
DAVRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАВРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
davra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar