egin
bilan ulashing
1. 3-sh. birl. (egni) 1. Orqaning yelka va boʻyin orasidagi ustki qismi.
-
Endi egnimni qisib turmayin, qandoq boʻlsa, bularga bir soʻz aytayin, deb Yodgor bir soʻz aytayotir. Yodgor
-
Oʻzi polvon siyoqli.. Har egni kirday, qarashi toʻqaydagi sherday. Oysuluv
2. Kishi tanasi (gavdasi)ning kiyim kiyiladigan ust qismi.
-
Mana hozir Munisxon yotoqxonadan chiqib keladi. Egnida oq koʻylak. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
3. Engil, kiyim-bosh.
-
Suvdan chiqdik, shosha-pisha egnimizni kiya boshlagandik, chorvoq tomondan birov koʻrindi-yu, pisib oldi. M. Joʻra, Iztirob
EGIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭГИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
egin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar