egik
bilan ulashing
1. Egilgan, quyi solingan; bukik.
-
Egik boʻyin. Qaddi egik odam
-
Hamza yolgʻiz edi, u boqardi tik, Uning tik qomati hech boʻlmas egik. J. Jabborov
-
Oʻzingni gunohkor deb sezmaganingdan keyin, nega boshing egik boʻlsin?! I. Rahim, Ixlos
2. Egilgan, qayrilgan; egri, qiyshiq, qiyshaygan.
-
Kattakon burnining uchi bir oz egik S. Nurov, Narvon
-
tolning egik shoxiga qoʻngan qora qargʻa tinimsiz qagʻillab, qishni chaqiradi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
EGIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭГИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
egik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar