egovla
bilan ulashing
1. Egov bilan ishlov bermoq, egov bilan silliqlamoq, oʻtkirlamoq.
-
Arrani egovlamoq. Ketmonning damini egovlamoq.
-
Poʻlat nayza yer ostida yotarmi, Temir nayza egovlasa oʻtarmi Oysuluv
2. koʻchma Ruhiy azob bermoq, qiynamoq, yemirmoq.
-
[Dilbar:] Uzingizni oʻzingiz egovlayapsiz, Komiljon aka. O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim.
-
Oyim rahmatlikning umrini urush davrining qiyinchiliklari bilan mana shu ogʻir ketmon ham egovlagan P. Qodirov, Yurakdagi quyosh
-
Kechadan beri miyamni egovlagan masalalardan soʻz ochdim. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
EGOVLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭГОВЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
egovla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar