egri
bilan ulashing
1. Toʻgʻri chiziq boʻylab yoʻnalmagan; qiyshiq, qingʻir.
-
Egri chiziq. Egri qilich. Egri koʻchadan yursang ham, toʻgʻri yur. Maqol
-
Azim tollarning egri shoxlaridagi shokila-shokila popuklar yoʻlovchilarni salqinga chaqira boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Haqiqatga zid; notoʻgʻri. -
-
Qiyiq ish qirq yildan keyin ham maʼlum boʻladi, egrisini qoʻyib, toʻgʻrisini gapiravering, — dedi Doʻstmurodov. Mushtum
-
Endi toʻgʻri tanqiddan egri xulosa chiqarish odatingizni tashlang. Oybek, O.v. shabadalar.
-
Doʻstim, hayotga chuqurroq qarasangiz, toʻgʻri bilan egrini ayira bilasiz Oybek, Nur qidirib
3. Xatti-harakat, gap-soʻz va shu kabilar jihatdan axloq-odob, qonun-qoida meʼyoriy talablariga zid boʻlgan, shunday ish tutadigan; nomaqbul, nojoʻya, chakki.
-
Birorta odam savdo sohasida ishlasa, darrov miyalariga egri fikr keladi. F. Musajonov, Himmat
-
Egri odam soyasidan ham xavotirlanaverar ekan. Mushtum
-
Oʻzi toʻgʻri boʻlmagan odam boshqalarga ham egri koʻz bilan qaraydi. Gazetadan
EGRI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭГРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
egri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar