egov
bilan ulashing
1. Qattiq buyumni (temir, yogʻoch va shu kabilarni) kesish, tekislash, oʻtkirlash, pardozlash uchun ishlatiladigan, qiradigan tishi poʻlatdan yasalgan chilangarlik asbobi.
-
Uch qirrali egov. Yumaloq egov. Yalpoq egov. Yirik tishli egov.
-
Kichikroq egov bilan uzangining yuzlari yana egovlanib silliqlanadi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Siz zanglagan ketmonsiz, olovga toblab, oʻtkir egovga charxlash kerak, desa-ya yuzsiz. Nazir, Oʻtlar tutashganda
2. koʻchma Kishini jondan toʻydiradigan, uning umrini qisqartiradigan kimsa, narsa.
-
Ichkilik — aqlning egovi. Yomon xotin — umrning egovi.
-
Hamma kosib shunday boʻladi, jonim! Kosibchilik — umrning egovi. Oybek, Tanlangan asralar
EGOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭГОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
egov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar