taqa
bilan ulashing
1. Juda yaqiniga olib borib, yetkazib, tegizib qoʻymoq; tiramoq.
-
Stullarni bir-biriga taqab qoʻymoq.
-
[Mahkam:] Goh qoʻlida miltiq, yoʻlimni toʻsadi, goh koʻkragimga minib olib, kekirdagimga pichoq taqaydi N. Safarov, Uygʻonish
-
Nuri oʻz yuzini yigitning yuziga taqadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Soʻzni, mavzuni biror yerga, masalaga ulamoq, olib kelmoq, koʻchirmoq.
-
Shunday qilib, Yefim Danilovich gapni yana qurol-yarogʻga olib kelib taqadi. A. Muxtor, Opa-singillar
3. Kim yoki nimadandir deb bilmoq, unga bogʻlamoq.
-
Hamma narsani dinga, xudoga taqayverma. N. Aminov, Suvarak
-
Oblast sahro hisobiga taraqqiy etib, kelgusida ikkiga boʻlinib ketsa, bu obyektiv qonun, Abbosov. Sen buni menga taqama, bundan igʻvo chiqarishing qiyin. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
taqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Devorga taqamoq
-
Bora-bora Qoracha Hojibning hazillari siyqalashib, hammaning ensasini qotira boshladi. Oysuluv esa yangi-yangi soʻzlar, oʻxshatishlar topib, raqibini devorga taqab qoʻydi. M. Osim, Oʻtror
TAQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar