taq
bilan ulashing
1. Bezak buyumlari, medal, qurol va shu kabilarni tananing (kiyimning) biror joyiga oʻtkazib, osib yoki bogʻlab oʻrnatmoq.
-
Barmoqqa uzuk taqmoq. Koʻkrakka medal taqmoq. Quloqqa isirgʻa taqmoq. Boʻyinga marjon taqmoq. Belga qilich taqmoq. Sochga lenta taqmoq.
-
Gunafshalar ochildi, chakkangga taq, chakkangga; Atir hidi sochildi, Chakkangga tak,, chakkangga. Z. Diyor
-
Toʻgʻridagi devorga Oxunboboyevning chaqmoq telpak kiyib, koʻkragiga qizil lenta taqib tushgan surati yopishtirilgan. S. Ahmad, Hukm
2. Toʻgʻnamoq, chatmoq.
-
Koʻylakka tugma taqmoq. Belbogʻga munchoq taqmoq.
3. Teshigidan oʻtkazib qoʻymoq, oʻtkazmoq.
-
Kecha sutdek oydin. Ignaga ip taqsa boʻladigan. Oydin, Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit
4. Umuman, bir narsani boshqa narsaga mahkamlamoq.
-
Olimov tayoqlar tepasiga chillakday ayrilar bogʻlab, ularga qizil qogʻozdan varrak qulogʻiday shokilalar taqib qoʻydi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
5.
-
Oʻz aybingni birovga taqma. ^Aytdingiz, aytdingiz, nega tonasiz?Men sizga ayb taqyotganim yoʻq-ku! A. Qahhor, Munofiq
-
Bu bitta odamning [Rahmonqulovning] odati. Uni sen kollektivga taqma A. Muxtor, Chinor
TAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar