taqal
bilan ulashing
1. Taqamoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbatlari.
-
Yogʻochning uchi devorga taqalgan. Qayiq borib qirgʻoqqa taqaldi.
-
Hozir suhbat Elchibekka kelib taqaladiganday edi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Suvi ancha tortilib qolgan koʻlning shimoliy etagi qishloq uylarining hovlilariga borib taqalar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Kamar bir odam bemalol engashib yura oladigan boʻlib, oxiri qayerga borib taqalishini hech kim bilmasdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Biror narsaning bitishiga, yuzaga kelishiga qarab qolmoq, u bilan bogʻliq boʻlmoq.
-
Ruxsatnoma yozilgan. Ish suratga taqalib qoldi. Bugun u ham tayyor boʻladi. N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Koʻp narsa zamonaviy mashina-uskunalarning yetishmasligiga borib taqaladi. Mushtum
TAQAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҚАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taqal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar