tappi
bilan ulashing
1. Chorva mollari tezagidan rapida shaklida yasab quritilgan yoqilgʻi.
-
Quruq tappi. Tappi yasamoq. Tappi yoqmoq.
-
U [Zebo] bogʻ va polizga qarardi, hovli supurib, uylarni yigʻishtirardi, non yopib, sigir sogʻardi, kir yuvib, tappi qilardi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Bu besabr jimlik va qorongʻilikda, jinchiroq pirpiragani sari, tappi yopib tashlangan baland devorlar bilan uch tomondan oʻrab olingan hovli yuzi xuddi yerga choʻkib ketayotganday edi. A. Muxtor, Opa-singillar
2. koʻchma Rangi tappiga oʻxshash, qora.
-
Ahmadning qoʻli somon qorib, goʻng kurab, naq tappi boʻlib ketgan qoʻllar, qishloqi oʻsmirning qoʻli. M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish
TAPPI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАППИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tappi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar