navbatchi
bilan ulashing
1. Biror ishni boshqalar bilan navbatlashib bajaruvchi; oʻz navbati kelganda, shunday ishni bajarayotgan shaxs.
-
Sinf navbatchisi.
-
Ular ishini navbatchiga topshirib kelgan traktorchilar bilan issiq salomlashgach, Pogodinning kichik kabinetiga kirdilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Postda turgan soqchi; qorovul.
-
Tunlari har hovli eshigida oʻsha yerda yashovchilardan navbatchilar tayinlanadi — begona kirmasin. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Koridorga kirganimizda, navbatchi ayol divanda mudrab oʻtirgan ekan, bizni koʻrib hayron boʻldi. U. Usmonov, Sirli sohil
3. Maʼlum bir vazifani bajarish uchun navbatda turgan (vosita, transport).
-
Surishtirsam, navbatchi avtobuslar ham allaqachon ketib boʻlgan ekan. Oʻ. Umarbekov, Yoshlik koʻchalari
NAVBATCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАВБАТЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
navbatchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar