redaksiya
bilan ulashing
1. Tahrir jarayoni, tahrir; qoʻlyozmani muharrir tuzatishlari bilan nashrga tayyorlash.
-
Redaksiya qilmoq.
2. Muayyan ishlovdan oʻtgan, tuzatilgan matn.
-
Romanning yangi redaksiyasi.
3. Nashriyot organlarida nashr ishini olib boruvchi, qoʻlyozma matnlarni ishlab, nashrga tayyorlab beruvchi xodimlar jamoasi.
-
Jurnal redaksiyasi. Redaksiya majlisi.
-
Usmon Yaxshiyev tahrir qilgan materiallarning tarjimasi toʻgʻri va aniqligiga redaksiyalarning xodimlari zarracha shubha qilmas edilar. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
-
Koʻp sonli gazetxonlar redaksiyamizga murojaat qilib, yosh olimga berilgan ilmiy daraja yetarli emas, deb hisoblamoqdalar. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
4. Tahririyat xodimlari ishlaydigan bino.
-
Ahmad redaksiyadan chiqib, muyulishga borganida, orqasidan Rahim aka yetib keldi. F. Musajonov, Himmat
REDAKSIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЕДАКЦИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan REDAKSIYA so‘ziga berilgan ma’nolar
redaksiya so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
redaksiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar