g‘am
bilan ulashing
1. Ruhiy azob his-tuygʻusi, ruhiyatdagi shunday holat; qaygʻu.
-
Azizxon qachonlardan beri dilini ezib yotgan gʻamdan qutulgandek, yengil yurib, katta yoʻldan ketmoqda edi. S. Ahmad, Ufq
-
yuragida shuncha gʻamni koʻtargan bu beli bukik cholni soʻz bilan yupatishning maʼnosizligini sezdi. Oybek,Tanlangan asarlar
-
Izma-iz yurarkan gʻam bilan shodlik Gazetadan
2. Koʻzlangan maqsad, ish va shu kabilar yoʻlidagi bezovtalik xatti-harakati, shu haqidagi oʻy-xayol; tashvish.
-
Mening hech narsadan gʻamim yoʻq.
-
Boʻtaboy Samandarovni turtib, sekin shivirladi: — Nega oʻrtoq Safarovga kartoshka., gʻami tushib qoldi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
El-yurt gʻamida ranj-u tashvish chekkan odamning yoʻli ravon, dili nurafshon boʻladi. Gazetadan
g‘am soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻam yemoq
-
Oʻlaman, deb gʻam yemayman, ayyorlar Oysuluv
-
Ahmad uyiga kirib borganida, Munira qish gʻamini yeb, achchiq-chuchukdan shisha bankalarga konserva yopayotgan ekan. F. Musajonov, Himmat
-
kampir shoʻrlik bizning gʻamimizni yeb, daladagi katta qozondan togʻorada ovqat tashiydigan boʻldi. H. Nazir, Koʻkorol chiroqlari
G‘AM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
G‘AM so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan G‘AM so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘am so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘am so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar