mol
bilan ulashing
1. Sutemizuvchilar oilasiga mansub asosiy guruh uy hayvonlari (qoramol, yilqi, koʻy, echki, tuya va boshqalar); chorva.
-
Mol olasi tashida, odam olasi ichida. Maqol
-
Koʻksoyni yoqalab taqir chorva yoʻli oʻtgan. Choʻponlar bu yoʻldan bahorda tosha, kuzda qishloqqa mol haydaydilar. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Bu-ku mol, terisi qalin, joni boʻsh qoʻy, echkilarimiz ham choʻp tishlab, tuproq yalab, qishni ochiq havoda oʻtkazishdi. Mushtum
2. koʻchma s. t. Did-fahmsiz, qoʻpol odamga nisbatan haqorat tarzida qoʻllanadi.
-
Juman pismiq, koʻzlarini javdiratganicha turaverdi. — Gapir, mol! — dedi mingboshi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
3. Bisotdagi buyum; mol, boylik.
-
Yigit moli yerda. Maqol
-
Bu kun kechasi Toshkent qon ichida hukumat kishilari xalq tomonidan oʻldiriladilar, uylariga oʻt qoʻyilib, mollari talonga tushadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Kelinning kiyim-kechaklari; sep.
-
Gapning sirasi shuki, qizning molini toʻlataman deb, otangiz bir oz qoqilib qoldilar. Mushtum
5. Sotiladigan narsa, buyum; tovar.
-
Baʼzi doʻkonlarda, yerdan shipga qadar qalangan mollar orasida oʻn ikki-oʻn uch yashar jajji bolalar oʻtiradi, savdo qiladi, choʻt qoqadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qorakoʻl teri deysizmi, ipak mol deysizmi — barini vagonlab sottirdim. J. Sharipov, Xorazm
6. so‘zlashuv tili Kiyim va boshqa narsa uchun ishlatiladigan mato.
-
Yaxshi moldan tikilgan kostyum.
MOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar