mojaro
bilan ulashing
1. Hodisa, voqea (aso-san, salbiy voqea-hodisa haqida).
-
Dahshatli mojarolar.
-
Zaynabning jinni boʻlib ogʻasi tomonidan ushlanib, kishanga solingan mojarosi eshitildi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Maktablar boʻldi vayron, Imoratlar xaroba. Bu ofat mojaroga Koʻhna falak ham hayron. M. Shayxzoda
2. Kishining boshidagi, boshidan kechgan tashvish, sarguzashtlar.
-
Abdurasul oʻz boshidan kechgan mojarolarni soʻzlashga kirishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bir vaqtlar ishq mojarolarini yolgʻiz ertaklardan tinglagan Gulnor endi oʻzi ishqning olov koʻylagida yashar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
3. Janjal, tortishuv, gʻalva.
-
Sharofat Sidiqjonning gʻashiga tegmoqchi, shu yerda biron mojaro boshlab, dod solmoqchi edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yoʻlda xotini bilan tongda boʻlgan mojaroni eslab, koʻngli badtar xijil tortdi. Q. Kenja, Notanish gul
MOJARO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОЖАРО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mojaro so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar