xalta
bilan ulashing
1. Kichkina qop, qopchiq.
-
Bolalar yopishavergach, [kampir] xaltani ochishga majbur boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Alamazon xaltani sholchaga qoʻyishi bilanoq, qizcha unga talpinib, qoʻlini choʻzdi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
2. Ozish tufayli odam yoki hayvon badanida, koʻpincha yuzida salqib, osilib qolgan teri.
-
— Koʻngil oʻlsin, iloyim. Jagʻida jagʻ qolmay, lunji xalta boʻp ketsa ham, yigitman deydi, — dedi kampir A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
-
Buzoqcha sigirning xalta boʻlib qolgan yelinini turtib-turtib, shiddat bilan ema ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
3. zool. Baʼzi hayvonlarning qorni ostida boʻladigan, yosh bolasini solib koʻtarib yurishga moslangan xaltasimon teri qatlami.
-
Xaltalilarning urgʻochisi tugʻilgan bolasini ancha vaqt qornidagi xaltasida olib yuradi. Zoologiya
4. Kiyimning osilib, salqi boʻlib turgan joyi.
-
Qurbon aka yana Mamajonga oʻgirildi: nimpar koʻk kitelining etaklarini qorni turtib turibdi, yoqa tugmalari ochiq. Shimining tizzalari xalta boʻlib turibdi. S. Nurov, Narvon
xalta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xalta koʻylak
-
Mamat, xalta koʻy-lak etagidan tizzalarini zoʻrgʻa chiqarib, oʻrnidan turdi. Yoshlik
Xalta palov
XALTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАЛТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xalta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar