xalq
bilan ulashing
1. Odamlar.
-
Xalqqa xizmat — oliy himmat. Maqol
-
Toʻyingizga yigʻilibdi butun el, Xalq kelmoqda toʻyga oqib goʻyo sel. H. Olimjon
-
Bu xushovoz xonanda, yigirma yildan oshdiki, xalqning nazaridan qolmay dillarimizni yayratib kelmoqda. S. Ahmad, Yulduz
2. Tarixiy birlikning turli shakllari; qabila, elat, millat.
-
Oʻzbek xalqi Navoiy, Bobur, Lutfiy kabi buyuk donishmand shoirlarning asarlarini oʻqigan. Shukrullo, Saylanma
-
Turkiy xalqlar yillarni 12 muchaldan tashqari, 60 yillik davrlar bilan ham hisoblashgan. Fan va turmush
3. Muayyan joy aholisi.
-
Oʻzbekiston xalqi. Qishloq xalqi. Shahar xalqi.
-
Filippin orollarida yashovchi xalqlarning eng sevimli noyob taomi mitti baliqlardir. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
4. Biror joyga toʻplangan odamlar; xaloyiq, olomon.
-
Tovushga qoʻyishda xalq bir ogʻizdan qoʻl koʻtaradi, orqasidan bir necha daqiqagacha olqish davom etadi. A. Qodiriy, Kichik asarlar
5. Kasb, mashgʻulot, toifa yoki jinsni bildiruvchi soʻzlar bilan kelib, oʻsha kasb, mashgʻulot, toifa yoki jinsga mansub kishilar guruhini bildiradi.
-
Shoir xalqi.
-
Polvon xalqi yengilgan raqibini belidan olib, koʻtarib qoʻyadi. S. Ahmad, Ufq
-
Ayol xalqi uydan quruq ketmaydi, Nima lozim mehmonlarga, taqsirjon. Gulnorpari
6. Umum (aholi, odamlar) ga aloqadorlikni, umum tomonidan eʼtirof etilganlikni ifodalovchi soʻz sifatida baʼzi muassasalar, lavozim va unvonlar nomlari tarkibida qoʻllanadi.
-
Xalq maorifi. Xalq taʼlimi. Xalq sudi. Xalq deputati. Oʻzbekiston xalq shoiri. Oʻzbekiston xalq artisti.
xalq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yerli xalq
-
Chor hukumati, yerli xalq oʻz erkini himoya qilib chiqqanda, ularni ottirdi B. Ahmedov, Tarixdan saboqlar
-
Xalq ijodi har qanday yozuvchi uchun katta maktabdir.
XALQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАЛҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xalq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar