xalfa
bilan ulashing
1. Shariat qoidalarini yaxshi biladigan, oʻqimishli odam.
-
Turdiboy xalfa oʻz hovlisi-da ish boshlagan oʻqituvchiga katta hurmat bilan qaraganini ishora qilib, u bilan egilibroq koʻrishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Eski maktabda oʻquvchilarga boshliq qilib tayinlangan, maktabdor domlaga koʻmaklashadigan oʻquvchi.
-
Avaz bir vaqtlar mana shu madrasada tahsil koʻrgan; hamhujralari to hanuz bu yerda xalfami, mutavalliga yordamchimi boʻlib yurishardi. S. Siyoyev, Avaz
3. Oʻrta asrlar ustaxonalarida hunar oʻrganuvchi shogird; hunar-kasb oʻrganuvchi shogirdlar boshligʻi.
-
Unga, oʻn besh yoshidan boshlab, avval shogird, keyin xalfa, soʻng mustaqil usta sifatida to shu damgacha erta-kech bukchayib ishlashga toʻgʻri kelgani uchun, uning yelkasi bukur kabi, ortiqcha turtib chiqqan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. folk. Xorazm vohasida mahalliy ogʻzaki ijod namunalarini ijro etuvchi ayol.
-
Xalfalar repertuaridan asosan “Toʻy muborak”, Yor-yor, Oshiq turkumidagi dostonlardan parchalar, Mahtumquli va boshqa shoirlarning sheʼrlari asosidagi nasihat va raqsbop qoʻshiqlar oʻrin olgan. OʻzME
xalfa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xalfa tushmoq
-
Otam mahalladagi boyga xalfa tushib, boʻz, alak, beqasam toʻqiy boshladi. Yo. Shukurov, Qasos
XALFA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАЛФА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xalfa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar