beg‘ubor
bilan ulashing
1. Chang-gʻubordan, ifloslikdan xoli; musaffo, toza.
-
Zangori osmon ham shunday tiniq, shunday begʻuborki, koʻzni oladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Begʻubor, mayin shabada esadi-yu, odamlarni bogʻ-u rogʻlarga chorlaydi. Gazetadan
-
Osmon koʻnglim kabi keng, Koʻnglim kabi begʻubor. E. Vohidov, Muhabbat
2. koʻchma Koʻnglida yomonligi, kiri yoʻq; pok, sofdil, sidqidil.
-
Begʻubor yigit.
-
Yuzidan mehr yogʻilib turgan bu ajoyib, sodda, begʻubor qizga shartta uylanib, oyimni baxtiyor qilishga nima xalaqit beradi? A. Muxtor, Asarlar
-
Tolibjon bu sodda va lekin begʻubor kishilarning oʻzlaridek begʻubor suhbatlariga kulib-kulib, quloq solib oʻtirar edi. S. Ahmad, Jimjitlik
3. koʻchma Dogʻ tushmagan, pokiza.
-
Elmurod qarshisida chugʻurlashgan, koʻzlari tiniq, qalblari begʻubor bolalarning har birini quchoqlab, yuzlaridan oʻpgisi keldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Doʻppimni yerga olib, endi oʻylab qarasam, Yoshlik degani asli poklik ekan, begʻubor. A. Oripov
BEG‘UBOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕҒУБОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beg‘ubor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing