beo‘xshov
bilan ulashing
1. 1 Koʻrinishi yoqimsiz, gavdasi, tashqi bichimi kelishmagan, besoʻnaqay; roʻdapo. Beoʻxshov yigit. Beoʻxshov kiyim.
-
Bu kun uning [Yormatning] boshida yangi, lekin beoʻxshov doʻppi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Burni bir oz beoʻxshovroq esa-da uning umuman yuz bichimi kelishgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tishlari beoʻxshov, qiyshiq. Kulsa, qoʻrqardingiz. Yoshlik
2. Gʻayrioddiy, xunuk.
-
Beoʻxshov ovoz.
3. koʻchma Kelishmagan, yopishmagan.
-
Beoʻxshov gap. Beoʻxshov qiliq.
-
Nosir sakrab turdi. U ham beoʻxshov taʼzim qilgan boʻldi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
-
Uzun paxtali kamzul kiyib, boshlariga katta roʻmolni beoʻxshov bogʻlab olgan ayollar bizni kutib olishdi. Saodat
-
U xuddi hazillashganday beoʻxshov bir iljayib qoʻydi. Yoshlik
BEO‘XSHOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЎХШОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beo‘xshov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar