besh
bilan ulashing
1. snq. son Besh raqami va shu raqam bilan ifodalangan, toʻrt bilan olti orasidagi son, miqdor.
-
Besh kishi. Besh kilogramm olma. Besh karra besh — yigirma besh.
-
Tolibjonboyning besh oʻgʻli, uch qizi bor ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻzingiz oʻylab qarang, oʻquvchilar bundan besh yil avvalgi oʻquvchilar emas. S. Zunnunova
2. Besh balli baho tizimida eng yuqori (aʼlo) baho.
-
Matematikadan besh oldim. Uning attestatida nuqul beshlar.
3. Koʻp, ortiq, ziyoda..
besh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Besh ketmoq
Besh kunlik dunyo
-
Besh kunlik dunyoda oʻynab qolaylik. Erali va Sherali
Besh qoʻl baravar emas
-
— Besh qoʻl baravar emas, — dedi Hakimboyvachcha, — birov olim, fozil boʻladi, birov mardikor, hammol boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Besh qoʻlni (yoki barmoqni, panjani) ogʻziga urmoq (yoki tiqmoq)
Ishi besh
-
Puxtaning ishi besh. Maqol
BESH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
besh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar