beshik
bilan ulashing
1. etn. Chaqaloqni belab va tebratib uxlatish uchun tol yoki tut yogʻochidan yasalgan yoʻrgʻa oyoqli maxsus moslama; tebratma belanchak.
-
Beshikdagi Uchqun uydagi harakatni sezib, ovozlarni eshitib, hadeganda uxlay bermadi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Muborakning otasi qishda duradgorlik qilar, eshik, beshik, sumak, sandal, zarang tovoq yasardi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. koʻchma Biror narsaning, voqea-hodisaning tugʻilgan yeri, makoni, manbai.
-
Baxt beshigin quchoqlab, bizni ulgʻaytirdingiz. Gʻ. Gʻulom
-
Bir qator dor bilan sharmanda boʻldi Fashizm beshigi boʻlgan Nyurnberg. Gʻ. Gʻulom
-
Yam-yashil oʻtloqlar million-millionlab qoʻzi, toychoqlarning beshigi boʻlur. Gʻ. Gʻulom
beshik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Beshik asbob
Beshik ketdi
-
[Qozi Qodirqulga:] Beshik ketdi boʻlgandan buyoq har yil rasm-rusmlarini qilishib, yaqin vaqtlarda toʻyligini ham berib qoʻyibdi. Hamza, Boy ila xizmatchi
Beshik toʻyi
-
Mullajon qozi beshik toʻyi qilgan. A. Qahhor, Anor
Beshigini tebratmoq
-
Oʻrtoq Oripov bilimdon injener, mamlakatimizda karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha yangi korxona beshigini tebratayot-ganligi bejiz emas. Gazetadan
Sen mening beshigimni tebratganmisan?
BESHIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕШИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beshik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar