chuchuk
bilan ulashing
1. Achchiq emas, nordon emas; shirin.
-
Chuchuk olma. Chuchuk anor.
-
Chuchuk qalampir asosiy darmondorilarning manbai boʻlib ayniqsa, S darmondoriga juda boydir. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
-
Limonli sharbatlar, chuchuk choylar oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatmasdan qoʻymaydi. Gazetadan
2. koʻchma Kishiga ozor bermaydigan; yoqimli, koʻngilli, shirin.
-
Bir achchiqning bir chuchugi bor. Maqol
-
Bir ogʻiz chuchuk soʻz odamning koʻnglini qanchalar koʻtaradi! Gazetadan
-
Meni Yulduz pari deydi, Tilim bordir boldan chuchuk. Nurali
3. koʻchma Ayrim tovushlarni (masalan, r ni) toʻla ayta olmaydigan.
-
Tili chuchuk bola,
-
— Nasimjon Fayzullayev, — dedi chuchuk til bilan sekretar va gilam chetiga omonatgina oʻltirib, soʻzini davom ettirdi. Oybek, O. v. shabadalar.
chuchuk soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chuchuk suv
-
Chuchuk suvni sogʻinish tuygʻusi hali menga tanish emas, lekin shu daqiqadan uni men seza boshladim. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
CHUCHUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧУЧУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chuchuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar