piching
bilan ulashing
Birovning shaxsiga tegish, gʻashini keltirish, masxaralash uchun aytilgan ilmoqli gap; qochirim, qochiriq.
-
Bu piching Naziriyning jon-jonidan oʻtib ketdi. Lekin bu yerga u Hamza bilan jirtak otishga kelmagan edi. K. Yashin, Hamza
-
Mansur Talʼatning pichingini tushunmay, keskin qadashar bilan ularga ergashdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Usta yuragidagi gaplarni koʻpchilik oʻrtasida birma-bir aytib tashlamoqchi edi, ammo raisning pichingi shashtini qaytardi. S. Mahkamov, Dala tongi
piching soʻzi qatnashgan jumlalar:
Piching otmoq (yoki qilmoq)
-
Avtobus ichida olatasir boshlandi. Kim soʻkindi, kim piching otdi. Kim taqdirga tan berib, murosai madoraga chaqirdi. M. Mansurov, Yombi
-
Bora-bora Aziza ham uni jerkiydigan, har gapida piching qiladigan boʻlib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
— Hay, essiz, soʻl koʻzingni ham koʻr qilib qoʻyganimda boʻlur erkan, — deya piching qildi Temur Malik dushmaniga qarab. M. Osim, Karvon yoʻllarida
PICHING so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИЧИНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
piching so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar