pichoq
bilan ulashing
1. Dastaga oʻrnatilgan yassi va uzun tigʻli roʻzgʻor asbobi.
-
Yoʻqolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
-
Oʻtmas pichoq qoʻl kesar. Maqol
-
Yaxshi gap bilan ilon izidan, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. Maqol
-
Zokir ota qochish yoʻllarini yaxshi uqtirgach, yirtiq koʻn etigining qoʻnjidan bir pichoqni olib, sekin menga uzatdi. Gʻayratiy, Unutilmas kunlar
-
Toʻlanboy soʻrida chordana oʻtirib olgan, pichoqni taxtaga taq-taq tegizib, sabzi toʻgʻrayapti. S. Ahmad, Ufq
2. tex. Turli asboblarning kesuvchi qismi.
-
Goʻsht qiymalagich pichogʻi.
pichoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pichoq tortmoq (yoki qoʻymoq)
-
Mabodo hoʻkiz yomonlab qolguday boʻlsa, borib, darrov boʻgʻziga pichoq tortib yuborasan. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
Pichoq (borib) suyakka yetmoq (yoki taqalmoq)
-
Pichoq borib suyakka yetgandan keyin, nima qilsin bechora xalq K. Yashin, Hamza
-
Hojiona Yoʻq, pichoq borib suyakka taqaldi. Hamza, Boy ila xizmatchi
Pichoq uchiday
-
— Ey oʻrtogʻey, — dedi u, — nimasini soʻzlaysiz, shu zamonning qizlarida pichoq uchiday sharm-u hayo qolmadi. F. Gʻulom, Tanlangan asarlar
Pichoqqa ilinmaydi
-
Pichoqqa ilinmaydigan hosil.
Pichogʻi keskir
-
Hojimurod esa pichogʻi keskir raislar qatorida yurardi. U raykom sekretari bilan prokuraturadan boshqa rahbarlarni rahbar qatorida koʻrmasdi. S. Ahmad, Jimjitlik
Pichogʻi moy ustida
-
— Ha, Sodiqjon boyvachchaga xudo bergan, — dedi Boʻronboy uchuriq qilib, — hamisha otgan oshigʻi olchi, pichogʻi moy ustida odam u! K. Yashin, Hamza
Oʻtmas pichoq bilan soʻymoq
-
[Odiljon:] Qayoqdan ham toʻyda oʻsha qiz bilan ashula aytdim, oʻyin tushdim, oʻshandan beri Gulchehra meni oʻtmas pichoq bilan soʻyib yuribdi. U. Nazarov, Gʻurur.
PICHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИЧОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pichoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar