pishqir
bilan ulashing
1. Burundan kuchli boʻgʻiq tovush chiqarmoq (ot, qoramol haqida).
-
Kanadan ham koʻra sigir uning achchigʻini keltirdi: kanani teray desa, qoʻymaydi: boshini silkiydi, pishqiradi. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
-
Ot boʻlsa, havoning buzilganini sezibmi, yoʻlning yomonligidan nolibmi, qattiq pishqirib qoʻyarkan. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Sigir pishqirib, qoʻlimni ham yamlab yutay dedi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Pishqiriqqa oʻxshash qattiq tovush chiqarmoq.
-
Poyezd — goʻyo ulkan timsoh, pishqirib, qirlarni choʻrt kesib yugurardi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
-
Mashina olov otday pishqirib uchadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Parovoz, xuddi charchagan otday, bir pishqirib toʻxtadi. J. Sharipov, Saodat
3. koʻchma Shiddat bilan shovullamoq, vishillamoq.
-
Hamma pishqirib yonayotgan olovni oʻchirishga yopishdi.
4. koʻchma Hayqirib gapirmoq, baqirmoq.
-
Javob oʻrniga boshini chayqab pishqirdi. S. Ahmad, Ufq
-
U, Zulayho Mansurni chaqirib borganini eshitgan boʻlsa kerak, yugurib kelgan koʻzlari oʻt boʻlib yonar, burun kataklarini kerib, pishqirardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
— Eshitdingmi? — Kimsan akam gʻazab bilan pishqirdi. — Jon kerak boʻlsa, tuyogʻingni shiqillat. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
5. koʻchma salb. Shoshilib ketmoq, bosar-tusarini bilmay qolmoq.
-
Pishqirgan boylar.
-
Pishqirib kelgan Salimxon Obidiy yeli chiqib ketgan pufakdek boʻshashib, bir chekkada oʻtirardi. Mirmuhsin, Umid
6. taql. s. Piq Kulganda yoki yigʻlaganda, tomoqsan portlab chiqqan qisqa, boʻgʻiq tovush haqida.
-
Gavharning laylakka oʻxshab bir oyogʻini koʻtarib turishi oʻziga shu qadar nashʼa qilib ketdiki, piq etib kulib yubordi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
-
Anzirat kampir piq etib yigʻlab yubordi. A. Muxtor, Opa-singillar.
PISHQIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИШҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pishqir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar