picha
bilan ulashing
1. ravish Oz miqdorda, ozgina.
-
Ikki oq piyozni mayda toʻgʻradi, unga picha murch sepdi, piyozni guruchning bir chekkasiga koʻmib, osh damgirni yopdi. Oydin, Yigit
-
Mahalliy aholidan allanarsalarni bir necha tuxum va picha yoqqa almashtirib oladi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik
2. Oz vaqt, bir oz, andakkina, andak.
-
Mingboshi picha kutdi, Matqovul gapiravermaganidan keyin, yana baqirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Juda charchading, picha uxlab, dam olsang boʻlardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Yana picha vaqt kutishdi — jimjitlik. Yoshlik
3. Oz darajada, sal(gina).
-
Koʻnglim picha tinchidi.
-
Kunduzgi ishlari, nihoyat, restorandagi suhbat uning [mayorning] koʻngliga ravshanlik olib kirdi. Ish picha siljigan edi. Yoshlik
-
Oʻzim aytuvdim kecha! Qoʻziboy picha oʻzini bosib oldi. H. Nazir, Yonar daryo
PICHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
picha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar