chuchmal
bilan ulashing
1. Tuzi yoki shirasi meʼyoridan kam, maza-matrasi yoʻq; badxoʻr, totsiz, bemaza.
-
Chuchmal ovqat.
-
[Nusratbek] Amuning qizgʻish-loyqa suvini eslatuvchi chuchmal qahvadan totib koʻrdi-yu, ichmadi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. koʻchma salb. Tayinli bir maʼnosi yoʻq; betayin, noaniq, dudmol.
-
Chuchmal javob. Chuchmal gap.
-
— Shuning uchun yer yuzida chuchmal odam koʻp-da, — dedi yigit barmoqlarini asabiy oʻynatib. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
-
Ruxsat aylang, o buyuk zot, tiz choʻkay sizga, Har xil chuchmal tavozedan yiroqman garchand. A. Oripov, Yillar armoni
-
Dastyor yigit chuchmalgina ishshayib, aravasini shiypon tomon surib ketdi. Yoshlik.
CHUCHMAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧУЧМАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chuchmal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar