beg‘araz
bilan ulashing
1. Oʻz manfaatini koʻzlamasdan, xolis ish tutadigan, yomonlikni istamaydigan, gʻarazsiz.
-
Begʻaraz odam. Begʻaraz doʻst.
-
Xalq gʻamida, el gʻamida kelgan begʻaraz kishilarni mingboshi masxara qilar quvar deb oʻylamagan edilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Balki biz begʻaraz, shunchaki doʻstlarcha gaplashib yurgandirmiz. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
2. Yomon niyatni koʻzda tutmagan, sidqi-dillik bilan qilingan; xolisona.
-
Begʻaraz tanqid. Begʻaraz gap. Begʻaraz yordam.
-
Koʻpchilik oʻz tarixi va madaniyatining begʻaraz targʻibotchisi sifatida qoldi. Gazetadan
-
Yetuk kishilarni yana ming yillar Xalq farzand ataydi, jondan — begʻaraz. Gʻ. Gʻulom
BEG‘ARAZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕҒАРАЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BEG‘ARAZ so‘ziga berilgan ma’nolar
beg‘araz so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
beg‘araz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar