gung
bilan ulashing
1. Soʻzlash qobiliyatidan mahrum boʻlgan; tilsiz, soqov, gungalak.
-
Gung odam.
-
Tegirmonga bugʻdoy soldim, Kam ekanin bilmadim, Shu kishiga lapar soldim, Gung ekanin bilmadim. Oq olma, qizil olma
-
Gung darvesh qabr tepasida oʻtirib, uzoq tilovat qildi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
2. koʻchma. Soʻzlash, gapirish huquqidan mahrum boʻlgan; tilsiz, erksiz.
-
Podsho xizmatidagi inson gung va shol boʻlishi kerak ekan. Oybek, Navoiy
-
Atrof yolgʻon bilan toʻlganda, Ichga yutib titroq, nolani, Kattalar gung boʻlib qolganda, Qutla chin soʻz aytgan bolani. X. Davron, Tungi bogʻlar
GUNG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gung so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar