gudok
bilan ulashing
1. Signal beriladigan turli mexanik qurilmalar; hushtaklar.
-
Toshkentdagi teplovoz-vagon remont zavodida bir gudok saqlanadi. Gazetadan
2. Shunday qurilmalar chiqaradigan choʻziq ovoz; signal.
-
Parovoz gudogi eshitildi. Gudok bermoq (chalmoq).
-
Erta tongda zavod gudogi Ergashni ham uygʻotdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Parovoz uzoq gudok berib, joyidan qoʻzgʻaldi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
-
Tonggi gudok chalmasdan, Men ham turaman. Yosh koʻnglimning maylini Ishga buraman. Gʻayratiy
GUDOK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУДОК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gudok so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar