gul-gul
bilan ulashing
Chamandek rang-barang, gulgun va goʻzal.
-
Sizlar bilan birga, xalqimizga gul-gul nafis gazlamalar toʻqib kiygizamiz! A. Muxtor, Opa-singillar
-
Sochpopugin yoygan tol bargi, Chaman bogʻlar chiroyi gul-gul. T. Toʻla
gul-gul soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gul-gul ochilmoq (yoki yonmoq, yashnamoq)
-
Bahor kelib, dalalar gul-gul ochilib ketdi.
-
Inobat jindek pardoz bilan oydekkina kelin boʻldi. Ayniqsa, toʻyning ertasiga gul-gul ochilib ketdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Zevarxon ham gul-gul ochilib ketdi. N. Aminov, Suvarak
-
Darhaqiqat, Kanizak Oʻrmonjonning oldiga yuragi poʻkillab bordi-yu, gul-gul ochilib qaytdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Saodatning hayajondan gul-gul yongan baxtiyor chehrasidan koʻzini uzolmasdan oʻtirgan Turgʻun birinchi marta uni sevib qolganiga iqror boʻldi. O. Yoqubov, Togʻ qizi
GUL-GUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУЛ-ГУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gul-gul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar