bezray
bilan ulashing
1. Kuzni loʻq qilib turib olmoq, baqraymoq, bez boʻlib turmoq.
-
Mingboshi yana nima deysan? deganday, bezrayib turaverdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ilgari uncha-muncha dakkini sirtiga yuqtirmay, bezrayib turaveradigan Avezov hozir xotini bilan onasi oldida moʻmintoy boladay boʻyin egib turardi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
2. Hayratdan, qoʻrquv va shu kabilardan dong qotmoq, serraymoq.
-
Oyshabonu nima deyishini bilmay, oʻtirgan yerida bezrayib qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Yoʻl boʻyidagi yantoqning tagidagi kaltakesak menga qarab, bezrayib turar edi. M. Xayrullayev, Mehr koʻzda
3. koʻchma Bir holatda qotib turmoq; hech bir oʻzgarishsiz yotmoq.
-
Hozir biz bir tomoni hali bezrayib yotgan choʻl, bir tomoni esa obod boʻlgan yerning hududida turardik. S. Ahmad, Choʻl burguti
-
Choʻlga qaradim: sargʻayib, bezrayib sukut etadi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Hali barg yozmay, bezrayib turgan sada tagidagi choyxona soʻrilarida odam koʻp. S. Ahmad, Hukm
BEZRAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЗРАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bezray so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar