bezor
bilan ulashing
Biron narsa yoki kimsadan bezgan, yurak oldirib qoʻygan; toʻygan.
-
Bekorchidan hamma bezor. Maqol
-
Dilozordan xudo bezor. Maqol
-
Ernazar dangasaga aytinglar: mening tomonimga qaramasin, men unaqa odamdan bezorman. S. Ayniy, Qullar
bezor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bezor boʻlmoq
-
Pashshadan bezor boʻldim.
-
Uning yolgʻon-yashiq gaplaridan qoʻni-qoʻshnilar ham bezor boʻlib ketgan. Mushtum
Bezor qilmoq
Jondan bezor qilmoq
-
[Oqila:] Oʻzingiz qachon borasiz? Bolalar dada deb, jonimdan bezor qilishyapti. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
BEZOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЗОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bezor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing