bezovta
bilan ulashing
1. Odatdagi oromi, tinchi buzilgan, hayajon va iztirobga tushgan; halovati yoʻqolgan, betinch, gʻash.
-
Madamin bu yerdan chiqib, yana bezovta joniga malham qidirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qishloq koʻchalari jimjit, faqat hovlilarda nimadandir bezovta boʻlib itlar hurishadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qizni bezovta qilmay, deganday oʻrnini osoyishta yigʻib, hovliga tushdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
2. Tinchligi buzilgan; notinch.
-
[Joʻra:] Qoʻrboshi aka, necha yildan beri zamona bezovta. I. Sulton, Burgutning parvozi
-
Bu yerning oʻjar tabiatiga, gʻildirak ustidagi bezovta turmushga u tez koʻnikdi. Gazetadan
-
Yana Norin suvi bezovta chayqaldi. S. Ahmad, Ufq
-
Bezovta shamol birdaniga kuchayib, qora bulut pardasini surib keldi. M. Qoriyev, Qiz uzatib borganda
3. Halovati yoʻq; betoqat, beorom.
-
Bola tuni bilan bezovta boʻlib chiqdi.
-
Qishloqda tabiblik qilib yurgan vaqtlarida bunday bezovta betoblarni koʻp koʻrgan. I. Rahim, Chin muhabbat
BEZOVTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЗОВТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bezovta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing