bezilla
bilan ulashing
1. aynan 1 bezanglamoq.
2. Yuragi bezillamoq Yuragi botinmaslik, qoʻrqmoq; hadik va qoʻrqinchga tushmoq.
-
Xotinim kir yuvaman desa, mening yuragim bezillaydi. M. Xayrullayev, Rashk
-
Undan hamma bezillardi. Kim asab, kim yurak, kim qon bosimiga chalinsa va yoki ishdan haydalsa, barchasiga shu — Hamida sababchi boʻlardi. Yoshlik
-
Xotinining yer tagidan xoʻmrayib qarashlari yuragini yomon bezillatib qoʻygan edi. F. Musajonov, Himmat
3. Zirillab, qaqshab ogʻrimoq, bez-bez qilmoq.
-
Badanidan isitma chiqar, chakka to-mirlari urar, koʻngli ozar va butun vujudi bezillar edi. A. Qahhor, Sarob
-
Jangchilar, oyoqlarining bezillab qolganidan boʻlsa kerak, oʻrdakdek lapanglab yurardilar. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Qabarib, qontalashib ketgan tovonlar bari bir, choʻgʻ tegganday bezillaydi. O. Yoqubov, Izlayman
BEZILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЗИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bezilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar