ertangi
bilan ulashing
1. Ertaga boʻladigan, ertasi kuni amalga oshiriladigan, roʻy beradigan.
-
Ertangi kun. Ertangi majlis. Ertangi ishga bugun reja tuz. Maqol
-
Bu kungi foyda goʻsht boʻlsa, ertangisi nuqul moy boʻlishi aniq,. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Ertalabki, ertalab boʻladigan.
-
Dasturxon yozilib, ertangi nonushta uchun damlab qoʻyilgan choy olib kelindi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Qani, marhamat, ertangi nasiba, — dedi notanish kishi bizni anjirga taklif qilib. N. Safarov, Olovli izlar
3. Kelasi, boʻlgʻusi.
-
U [onang] ham doim ruhimni koʻtarib, ertangi yaxshi kun bilan ovutardi. Yo. Xayimov, M. Rahmon, Hayot-mamot
-
Ertangi rais ham, bogʻbon-u paxtakor ham oʻquvchilar! Oʻzbekiston qoʻriqlari
4.
-
Mayda egatlarda suv yaltirab oqar, roʻmol tangʻigan xotinlar, chamasi, ertangi karam ekishardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
ERTANGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭРТАНГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ertangi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar