erta
bilan ulashing
1. ravish Belgili, odatdagi, meʼyoriy vaqtdan ancha yoki birmuncha oldin, barvaqt, vaqtli.
-
Erta turmoq. Erta borib, kech qaytmoq. Erta qarigan kishi. Bu yil qish erta keldi. Ekinni erta ekkan hosilini erta oʻrar. Maqol
-
Harakating erta boʻlsa, kuzda erta oʻrarsan. Maqol
-
Raʼno suv salqinida bugun ham erta uxlab qoldi. I. Rahim, Ixlos
2. Vaqt, fasl bildiruvchi baʼzi soʻzlar bilan birikib, shu vaqt, faslning eng (endigina) boshlanish vaqtini bildiradi.
-
Erta tongdanoq ishga yoʻl olarkan qalbida ajib hislar mavj ura boshladi. Gazetadan
-
Ikromjon, erta bahor Naymanga koʻchib chiqayotganlarida, Azizxonga yozilgan xatga qoʻl qoʻydi. S. Ahmad, Ufq
-
Erta nahor chogʻida, dengizning yoqimli orombaxsh mayin shamoli esib turganda Kaspiy ajib jilvagar koʻrinardi. N. Safarov, Olovli izlar
3. kesim vzf. Biror ish-harakatni bajarish, amalga oshirishga hali vaqt borligini, vaqti kelmaganligini bildiradi.
-
Uyga borishni istamadi, lekin gapga borishga hali vaqt erta edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hali yotmoqqa vaqt erta edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. ot Tundan kunga oʻtish vaqti, tongdan soʻnggi payt; ertalab.
-
Nosvoy yoʻq, ertadan beri xumoriman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Nima qilibdi yuragimga? Menga oʻxshab ertadan kechgacha uyda oʻtiring-chi. A. Qahhor, Asror bobo
5. ot Kelasi kun, soʻz borayotgan kundan keyingi kun.
-
Bu voqeaning ertasi. Esarning ertasi koʻp. Maqol
-
Bugun boʻlmasa, erta. Bugunmi, ertami, oʻqishni boshlaymiz.
-
Sizlar chiqinglar ish boʻlmasa, yotinglar, erta vaqtliroq turib, yovonga goʻng tashiysizlar. S. Ayniy, Qullar
-
Direktorimiz erta bor, indin bor, deb ishni choʻzib yubordilar. Mushtum
erta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Erta bilan
-
Shahid boʻlgan sarbozlarni ertaga erta bilan shu yerga koʻmishni aytgan karvonboshi otga qamchi bosib, Xoʻqand sari chopdi. Mirmuhsin, Meʼmor
Erta bir kun
-
Kimlar esa bugun gʻolib, Erta bir kun zabundir. E. Vohidov, Sharqiy qirgʻoq
Erta kunda
-
Erta kunda janjal.
-
Himmat-ku erta kunda yoʻq, yana oʻzi oʻlgudek baxil Mushtum
ERTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭРТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
erta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar