ushat
bilan ulashing
1. Boʻlak-boʻlak qilib sindirmoq, mayda boʻlaklarga boʻlmoq, ajratmoq, sindirmoq.
-
Qudrat nonlarni ushatdi, choy quydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Otxonada diydirab, kunjara ushatib, qoʻylarga beradi. Oydin, Hazil emish
-
tishi bilan noʻxatdek qandni ushatib, bir qultum choy ichdi Oybek, Tanlangan asarlar
2. Urmoq, urib pachaqlamoq.
-
— Urib, jagʻini ushatmadingmi? — Qodir guvaladek mushtini havoda toʻlgʻadi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
3. s.t. kam qoʻll. Yirik pulni shu qiymatdagi mayda pullar bilan ayirbosh qilmoq, maydalamoq.
-
Yuz soʻmlikni ushatmoq.
ushat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Patir (yoki non) ushatmoq
-
Oradan uch-toʻrt kun oʻtgach, non ushatib, fotiha ham qilindi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
-
Rozilik berib. patir ushatasiz, bir oyga qolmay, qizingizni oʻynab-kulib uzatasiz. K. Yashin, Hamza
Roʻzani ushatmoq
-
Janobi ustoz! Roʻzangizni ushatib qoʻydingizmi? Latifalar
Tahorat ushatmoq
USHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УШАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ushat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar