ushoq
bilan ulashing
1. Nonning mayda boʻlakchalari; uvoq.
-
Suxari ushogʻi. Patir ushogʻi.
-
— Qad-dini koʻtarguncha, zavodchi boylardan soliq olinmasligi kerak, — dedi non ushoqlarini terib oʻtirgan Yolmonboy. J. Sharipov, Xorazm
-
Rahmim kelib ularga, Ayvonchaga don sepdim. Har xil narsa: qoʻnoq, soʻk Hamda ushoq non sepdim. Uygʻun
2. Jussasi, gavdasi kichik, zaif, nimjon.
-
Ushoq kishi,
-
Hikoyani tinglagan sarim, bu qotma, ushoq chol koʻz oʻngimda salobat kasb etib gavdalanardi. H. Nazir, Uzr, otaxon
-
Yoshi qirq beshga borib qolgan ushoq, pakana Nurullayev turmada battarroq choʻkdi. J. Sharipov, Xorazm
3. sheva Bola, bola-chaqa.
-
[Oqsoqol:] Moʻgʻul kelib, oʻzimizni qul qilib olsa, xotin, ushogʻimizni bozorga chiqarib sotsa, yaxshimi? M. Osim, Oʻtror
USHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УШОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ushoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar