uch
bilan ulashing
1. Qanot vositasida havoda harakatlanmoq, qanot qoqib, biror tomonga yoʻnalmoq; parvoz qilmoq.
-
Qush qanoti bilan uchib, quyrugʻi bilan qoʻnar. Maqol
-
Bahor hididan besaranjom boʻlgan qargʻalar qagʻillab dalalar ustida uchardi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Maxsus mexanizmlar, apparatlar yor-damida havoda bir tomonga yoʻnalmoq; parvoz qilmoq.
-
Balandda, yulduzli koʻkda, qayoqqadir samolyotlar uchib oʻtdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Asad modeli esa, Tik va tez uchar edi. T. Toʻla
3. Yelmoq, esmoq (shamol haqida).
-
Meʼmorning diqqatini keng va yam-yashil dala, gʻir-gʻir uchayotgan shabada, adirlardagi qip-qizil gilam lolalar tortsa ham Mirmuhsin, Meʼmor
4. Shamol, zarb yoki boshqa narsa taʼsirida havoda biror yoʻnalishda harakatlanmoq.
-
Havoda momiq oq tolalar argʻamchi boʻlib uchib yurardi. Gazetadan
-
Tepada ruhni sugʻurib olayotgandek xunuk ingrab uchgan snaryadlar atrofda yorilmoqda. Oybek, Quyosh qoraymas
5. koʻchma Havoda kezmoq, parvoz qilmoq (mavhum narsalar haqida).
-
Kuy uzoqdan, boynikidan uchar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yodimdadir achchiq dardlarim kabi Fazolarda uchar xayolim. R. Parfi
-
Qoʻshiq uchar edi koʻk-da bearmon. A. Oripov, Yurtim shamoli
6. koʻchma Juda katta tezlikda harakatlanmoq.
-
Tepalikka uchib chiqayotgan otning tuyogʻi yerdan bosh koʻtarib, bugun-erta ochilay deb turgan lola gʻunchasini ezib, yanchib oʻtdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Mashina shiddat bilan qaltis togʻ yoʻlidan uchib ketdi. Gazetadan
-
poyezd choʻldan koʻm-koʻk vodiyga birdan uchib kirarkan fargʻonalik askarning koʻzlaridan ixtiyorsiz ravishda qaynoq yosh tomchilagan edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
7. Qor, muz ustida sirpanmoq, toygʻanoq otmoq.
-
Chanada uchmoq.
-
Momiq qor koʻrpasiga burkangan Chimyon togʻlari bagʻrida yoshlar changʻi uchishmoqda. Gazetadan
8. Mavjud yeridan uzilib otilib ketmoq.
-
Togʻdan uchgan katta-katta toshlar. Bola mototsikldan uchib ketdi.
-
Soqolli soldat ot tagida qoldi, unisi otdan uchib, yumalanib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
9. Sinib uzilmoq, sinmoq.
-
tovoqning jinday joyi uchgan ekan. Mushtum
-
Shishasi yarmidan uchgan kichkina lampani tutatib, yolgʻiz oʻtirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
singan, cheti uchgan, chegali piyola, choynaklar. Oybek, Bolalik
10. Asab yoki boshqa taʼsir sababli pirpiramoq, titramoq (lab, kiprik kabi aʼzolar haqida).
-
Onasi tebranib qoʻydi. Qovoqlari pir-pir uchdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Bu bolaning bir qadar oʻzini mustahkam tutishi Tolib akaga yoqmadi, labi asabiy uchdi. F. Musajonov, Himmat
-
Ogʻzining ikki chekkasida zulukday osilib turgan yoʻgʻon moʻylovlari bir-ikki uchdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
11. koʻchma Berilmoq, qiziqmoq, asiri boʻlmoq (asossiz, nomaqbul ravishda).
-
Shirin gapga uchma, maqtaganni quchma. Maqol
-
[Rashida] Kursdoshi Temurning yengiltak gaplariga uchdi-yu, Roʻzimatni butunlay unutdi. Toʻlqin, Ogʻir eslash
-
[Eldor:] Darvoqe, Rayhonning nimasiga ucha qoldim? J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda
-
Aqlli odamlar maqtovli va balandparvoz soʻzlarga uchmaydilar N. Safarov, Olovli izlar
12. Kayf taʼsirida es-xushini yoʻqotmoq, oʻzidan ketmoq.
-
Afandi boʻza ichib, uchib qolibdi. Mushtum
-
Maʼmurjon koʻchadan ichib kelgan ekanmi, yuz gramm shampanni otdi-yu, uchib qolishiga sal qoldi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
13. Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻzlar anglatgan narsaning yoʻq boʻlishi (yoʻqolishi), ketishi maʼnosini bildiradi.
-
Barakasi uchmoq. Hushi boshidan uchmoq. Kayfi uchmoq.
uch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yelga (yoki havoga, osmonga) uchmoq
-
Eh, attang, orzular uchdi havoga, Anglamay yoʻliqdim bu bedavoga. Ya. Qurbon, Mehrim va qahrim
Koʻzim uchib turgani yoʻq yoki koʻzim uchib turuvdi
-
Kelibdilar-da sizni koʻramiz deb koʻzimiz uchib turuvdi! A. Muxtor, Opa-singillar
UCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar