chiqit
bilan ulashing
1. Chiqindi, qoldiq.
-
Bosmaxona chiqitlari.
-
Har tarafga tarqab yurgan tovuqlardan ikkita-uchtasi sigir oxuri tagidagi yuzaroq poʻchoqlarni, shunga oʻxshash sabzavot chiqitlarini titish bilan mashgʻul. Yoshlik
2. Yaroqsiz narsa; brak.
-
Kecha akt bilan chiqitga chiqarilgan restoranning nimdosh choynak-piyolalaridan bir dastasini uyga yuborsak boʻlardi-yu N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
3. koʻchma Chiqindiga chiqarilgan, past nazar bilan qaraladigan (odam haqida).
-
U vaqtlarda xoʻjayinlar kambagʻalni odam qatoridan chiqit hisoblashgan. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Asosiy ishdan chetda qolgan.
-
Brigadada koʻp odam chiqitga chiqib ketadi. Brigadirlarning oʻzi, oshpaz, tabelchi, aravakash, yasli xodimi, shiypon qorovuli. S. Nurov, Parvoz
CHIQIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИҚИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiqit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar