chiqindi
bilan ulashing
1. Kerakli qismi ishlatilgandan qolgan narsalar; chiqit, qoldiq.
-
Sanoat chiqindisi. Neft chiqindisi.
-
Tabiatni ifloslantiradigan ofatlardan yana biri chiqindilardir. Fan va turmush
-
Respublikamizdagi yogʻ-moy kombinati chiqindisi yiliga 80 000 tonnadan ortib ketdi. Fan va turmush
2. Axlat.
-
Jamiki axlat shu suvga tushadi. Ayniqsa yogʻingarchilik, sel paytlarida yonbagʻirlardagi jami xonadonlarning chiqindilari oʻrlardan toshib, shu soyga tushadi. S. Ahmad, Jimjitlik
3. koʻchma salb. Tuban, past (odam haqida).
-
Sabr kosasi toʻlgan Qoʻziboy aka umrida birinchi marta dagʻal gap qildi: — E, sizdaqa chiqindi E, hatto oʻgʻitga ham yaramaydi. F. Musajonov, Chiqindi
CHIQINDI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИҚИНДИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiqindi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar