chiqiq
bilan ulashing
1. ot Yara, govmijja, chipqon singari kasalliklar.
-
Chakanda yara-chaqa, har xil chiqiqlarga davo boʻladi. Gazetadan
2. ot Suyak chiqqan joy.
-
Maksim ana shunday chogʻlarda, ayniqsa, betoqat bolalarning sinigʻini ushlab, chiqigʻini solayotganda, ularni ovutib, koʻnglini topib shifolar edi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. ot Turtib chiqqan joy, doʻng, doʻmboq yer.
-
Quymaning chiqigʻi. Detalning chiqigʻi. Chiqigʻini tekislamoq.
4. sifatdosh Turtib chiqqan; boʻrtgan.
-
Lekin bu kulcha yuzli, yonoqlari xiyol chiqiq qiz Hubbijamol edi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
-
Koʻrib ogʻzim ochilib qoldi: uning [xoʻjayinning] yoshi oltmishlardan oshgan, yelkasi chiqiq, kalta soqol chol. H. Ahmar, Yakkama-yakka
CHIQIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИҚИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiqiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar