chiran
bilan ulashing
1. Biror maqsadda bor kuchini ishga solib harakat qilmoq; kuchanmoq.
-
Buqa orqasiga tisarilib, avvalo chirandi. Sharq yulduzi
-
Sandiq juda ogʻir edi, zoʻrgʻa zinaga yaqinlashtirib, chirana-chirana, tepaga olib chiqishdi. A. Koʻchimov, Halqa
-
Arava qilt etmas hoʻkizlar harchand chirangani bilan, arava joyidan jilmas edi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
2. koʻchma salb. Oʻz imkoniyatlarini hisobga olmay katta ketmoq; kerilmoq.
-
— Chiranmang, polvon, — dedi kulib Oʻsarjon. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Oʻzing joysiz [nooʻrin] chiranganingdek, meni ham oʻz yoningga tortmoqchi boʻlasan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Alarga men: — Shohi Eron bilan urushaman, deb chiranmang, — dedim. M. Osim, Karvon yoʻllarida
CHIRAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiran so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar