chiri
bilan ulashing
1. Tabiiy taʼsirlar tufayli parchalanmoq; aynimoq, ishdan chiqmoq, yaroqsiz holga kelmoq.
-
Chirigan ip. Chinor chirimas, archa qurimas. Maqol
-
Tutning shoxlari tegib turgan ayvon ustuni qorayib, chiriy boshladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Mayli, meni burdalab tashlasinlar, tanim zindonda chirisin. S. Karomatov, Bir tomchi qon
2. Irimoq, aynimoq.
-
Chirigan qovun. Chirigan olma.
3. koʻchma Adoyi tamom boʻlmoq, xazon boʻlmoq.
-
[Yoʻlchi:] Andak insof kerak, uyat kerak. Cholning mehnatda chirigan koʻksiga bigizni qadayvermang! Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Nari turing, — Laʼli jahl bilan erining koʻkragidan itardi. — Esiz umrim, bu gʻamxonada chirib ketayotibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
4. koʻchma Umri tugab, oʻlib, yoʻq boʻlib bormoq, halokatga yuz tutmoq.
-
Zolimlar yoqqan oʻt yonmasin sira, Qora niyatlari chirisin dilda. Gʻ, Gʻulom
CHIRI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chiri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar