ziynat
bilan ulashing
1. Zeb, chiroy berish uchun xizmat qiluvchi buyum; bezak.
-
Ziynat asboblari.
-
Unsin onasidan yodgor qolgan va yagona ziynati boʻlgan yupqagina eski bilaguzukni aylantirib gapirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Onamdan teggan meros, Yetti pushtimga asos. U na ziynat, na davlat, Na sukunat, na rohat. G. Joʻrayeva, Iqbol
2. koʻchma Husn, koʻrk beruvchi narsa; koʻrk; izzat-hurmat.
-
Kamtarlik — inson ziynati. Maqol
-
Dasturxon — odamning ziynati, bolam. Odam oldiga dasturxon yoyish — ota-bobomizdan qolgan rasm. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻrnidan turib choy berish odamzodning ziynatidir, kelinlarning bor-yoʻgʻi kelinligi ham shunda-ku! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Ziynat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
ZIYNAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИЙНАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ziynat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar