tiy
bilan ulashing
1. Biror ish-harakatdan toʻxtatmoq, undan oʻzini yoki kimsani qaytarmoq; bosmoq, erk bermaslik.
-
Koʻz yoshini tiymoq. Koʻzing ogʻrisa, qoʻlingni tiy; iching ogʻrisa, nafsingni tiy. Maqol
-
U beixtiyor yenglarini shimararkan, kichkinagina gavdasida tiyib boʻlmas kuch paydo boʻlgandek edi. A. Muxtor, Tugʻilish
2. Kutib, kutkilab, tergab yoʻlga solmoq; nojoʻya ish, yoʻl va shu kabilardan qaytarmoq: tergamoq.
-
Siz otamisiz, nimasiz axir, oʻgʻlingizni tiyib olish sira esingizga keladi-mi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yaxshi otadan yomon bola tugʻilsa ham boʻlar ekan. Otasi qandayin nozanin juvon toʻgʻri kelsa ham, koʻz qirini tashlamas edi. Bu bebosh boʻlib ketdi, tiyadigan kishisi boʻlmadi. Oydin, Mardlik — mangulik
tiy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻzini (yoki tilini) tiymoq
-
Hoy bola, tilingni tiy!
-
Komila ham ha-zil bilan javobga hozirlandi-yu, yana tilini tiydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Yigitcha cholga dashnom berib borardi, ogʻzini tiyadiganga oʻxshamaydi. Mushtum;
-
[Elmurod:] Koʻp alam oʻtganidan tilim shunaqa yomon boʻlib qolgan. Xoʻjayinlar urib-soʻksalar ham, tilimni tiya olmadim. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ogʻzini tiyib qoʻyolmaysizlarmi?! I. Rahim, Ixlos
Oʻzini tiymoq
-
Shojalil yana Odam emasman, yuz nima qiladi menda? demoqchi boʻldi-yu, oʻzini tiydi. Yu. Shomansur, Qora marvarid
-
Qarsak chalishdan oʻzini tiyib, odamlarga boqib jilmayar edi. N. Safarov, Olovli izlar
Qadamini tiymoq
-
[Olaxoʻja] Gapni ginaxonlikdan boshladi: — Juda qadamingni tiyib qoʻyding. Kelib, togʻangdan, holing qalay, deb surishtiray ham demaysan-a. P. Tursun, Oʻqituvchi
TIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar