kesak
bilan ulashing
1. Qotgan, qurigan loy boʻlagi.
-
Ichkaridan ham chertish tovushi eshitilgandan keyin, yerdan bir kesak olib, derazaga katta harf bilan men soʻzini teskari yozdi. S. Ayniy, Qullar
-
Devor ustida turgan oʻn ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak koʻchirib olib, mulla Norqoʻziga oʻqtaldi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
2. sheva Guvala.
-
Kesak qalamoq. Kesak devor.
3. koʻchma His-tuygʻusi yoʻq, hushsiz; hech narsadan taʼsirlanmaydigan (kesakka nisbat beriladi).
-
— Qiz bilan boshlashib, [Qosimovning] uyiga kiraman, jigʻiga tegaman, qani, rashk oʻti bormikan vujudida. Agar gʻirt kesak boʻlsa, oʻzidan koʻrsin, — dedi Ahmad. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
— Yormat, odammisan, otamisan! — deb baqirdi ellikboshi, — oʻl, kesak! Oybek, Tanlangan asarlar
kesak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi
Kesak boʻlib qolmoq
-
Otib oʻldirish soʻzini eshitgan Aziziy kursiga suyanganicha kesak boʻlib qoldi. H. Gʻulom, Mashʼal
Kesakdan olov (yoki oʻt) chiqqandek
-
Kesakdan olov chiqqandek, umrida ashula aytmagan Abduvahob birdan: Farzand kerakdir yigitga! — deb xirgoyi qildi-yu, hoʻngrab yigʻlayverdi. Mushtum
-
Kesakdan oʻt chiqdi, deb Teskari amaki ham xursand. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Qorongʻi uyga kesak otgandek
-
Bunga [mehmonga] gap uqtirish qorongʻi uyga kesak otgandek gap edi. A. Qahhor, Dumli odamlar
KESAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕСАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kesak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar