kesim
bilan ulashing
1. Kesilgan boʻlak (karj, burda va shu kabilar).
-
Bir kesim non.
-
Hayot esa qimtinib, tortinib, onda-sonda bir kesim qovun oladi-da, bir tishlab, yana kosa chetiga qaytarib qoʻyadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Jek hamon tumshugʻini choʻzib, koʻzlari moʻltirab yotar, oldidagi sirli kosada turgan kolbasa kesimlariga qaramasdi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
2. tex. Biror jismni tekislik bilan kesish natijasida hosil boʻladigan yuza.
-
Silindrning koʻndalang kesimi doiradir.
3. tilshunoslik Gapning bosh boʻlaklaridan biri; gapning asosini tashkil etib, ega ifodalagan shaxs, predmet va hodisaning harakatini, holati yoki belgisini bildiruvchi boʻlak.
KESIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕСИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kesim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar